Oʻzbekiston eksportining 43,5% ulushini oltin tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining 2020-yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi maʼlumotida keltirilgan.
Soʻnggi ikki oy davomida oltin eksport qilinmagan boʻlsa-da, jami 13,3 mlrd dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 mlrd dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018-yilning shu davrida bu koʻrsatkich 15,1 foizga, 2019-yilda esa 28,1 foizga teng boʻlgan.
Январь-октябрь ойлари бўйича Ўзбекистон импортининг ҳажми 16,7 млрд долларни ташкил қилиб, шундан 25,3 млн доллар олтин импортига тўғри келади.
Бу вақт оралиғидаги экспорт ҳажмининг энг катта қисмини олтин эгаллаган бўлса, импортнинг 37,8 фоиз улушини машиналар ва транспорт асбоб-ускуналар ташкил қилган.