Chimboyda 4,5 milliard soʻmlik sport majmuasi barpo qilinmoqda

    Sport 26 Fevral 2021 2439

    Past Dargʻom tumanining Chimboy mahalla fuqarolar yigʻini hududida sportning bir nechta turiga moʻljallangan sport majmuasi barpo etilmoqda.

    Ayni paytda loyiha qiymati 4,5 milliard soʻmni tashkil etuvchi majmua qurilishi jadallik bilan olib borilyapti.

    Qurilish va jihozlash ishlari yakuniga yetgach, zamonaviy tipdagi minifutbol maydoni, boks, stol tennisi kabi sport turlaridan toʻgaraklar faoliyat boshlaydi.

    Shuningdek, majmuada yuvinish, kiyinish xonalari va shu kabi sportchilar uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratiladi.

    Muhimi, bu yerda bir vaqtning oʻzida 100 nafardan ziyod yoshlar sport bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Past Dargʻom tumani hokimligi axborot xizmati.