CleanBox — yangi turdagi zararsizlantiruvchi uskuna

    “CleanBox” mikroblar va viruslarni, toksik moddalar, benzol, formaldegidni yo'q qiluvchi vositadir.

    Yil boshidan buyon butun dunyoni xavf ostida qoldirayotgan COVID-19 pandemiyasi insoniyat uchun salomatlik nechog'lik muhim ekanligini yana bir bor isbotlamoqda. Barchamiz o'zimizni virus va bakteriyalardan himoya qilishni xohlaymiz.

    Olimlar koronavirus bir oy davomida mobil telefonlar, banknotalar va metall tutqichlar ekranida yashashinini isbotladilar. COVID-19 tekis sirtlarda, banknotalarda va zanglamaydigan po'latda xona haroratida 28 kun o'tirishi mumkin ekan.

    Dezinfeksiyalovchi material — “CleanBox” O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi laboratoriyasida sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdi va bugungi kunda YAshnobod Innovatsion texnopark rezidenti “Lotus Engineering” korxonasida ishlab chiqarilmoqda. Sinov natijalariga ko'ra, bakteriyalarga qarshi yuqori samaradorlik aniqlandi.

    “CleanBox” filtrlari mikroblarni, viruslarni, zamburug'larni, mog'orni, organik ifloslantiruvchi moddalarni qanday yo'q qilishini aniq ko'rsatib beradi. Ifloslantiruvchi molekulalar xavfsiz suv va karbonat angidridgacha parchalanadi.

    “CleanBox” mikroblar va viruslarni, toksik moddalar, benzol, formaldegidni yo'q qiluvchi vositadir.

    “CleanBox” — uyingizni va ofisingizni himoya qiluvchi zamonaviy sterilizator bo'lib, qutida maxsus nanokatalizator filtr o'rnatilgan. Filtr oddiy nur orqali havoni ionlashtiradi, natijada havodagi bakteriya va viruslarning hammasini o'ldiradi. Uni konditsionerga o'rnatsangiz, xonani, hatto buyumlardagi virus va bakteriyalardan ham tozalaydi. Shu o'rinda qayd etish joiz, hali dunyoda bunday texnologiya mavjud emas.

    Ishlash printsipi zamonaviy nanokatalizatorlarga asoslangan buo'lib, 99.99 foiz mikrob va bakteriyalarni faolsizlantiradi.

    Barchaga ma'lumki sterilizatsiya — turli moddalar, xirurgiya asboblari, bog'lov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan butunlay tozalash hisoblanadi. Sterilizatsiyalaydigan maxsus zararsizlantiruvchi qurilma orqali samarali natijaga erishish mumkin bo'ladi.
    Shuningdek, “Clean Box” kimyoviy moddalar, bug' va yuqori haroratdan foydalanilmaydigan zamonaviy sterilizator hamdir. Farzandingizning o'yinchoqlari, poyabzallar va boshqa buyumlarni sterilizatsiya qilib, noxush hidlardan xalos etadi.

    Sterilizator kislorodning faol shakli yordamida buyumlardagi bakteriya, virus va mikroblarni yo'qotadi.

    Loyihaning maqsadi:

    • maishiy zararsizlantiruvchi innovatsion qurilmalarni ishlab chiqarish;
    • eksportga yo'naltirish;
    • yosh bolalar va o'smirlar o'rtasida kasalliklarni kamaytirish.
      ➡️ Qo'llash sohalari:
    • maktabgacha ta'lim muassasalari;
    • kasalxonalar;
    • do'konlar;
    • restoranlar;
    • sartaroshxonalar;
    • va boshqa maishiy maqsadlarda foydalaniladi.

    Ruxsora O'RINBOEVA,

    “Yashnobod” Innovatsion Texnoparki matbuot kotibi