Urganchda IT-Park filiali quriladi

    Fan 3 Sentabr 2020 14980

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi hamda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

    Unga koʻra, Toshkent shaxridagi IT-Park ijtimoiy infratuzilma obyektlarini hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan IT-maktab hududida va viloyatlarda (Namangan, Buxoro, Samarqand, Urganch, Nukus, Guliston shaharlarida) uning filiallari quriladigan boʻldi.