Toshkent davlat stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

    Ta'lim 10 Mart 2021 2646

    Toshkent davlat stomatologiya institutining dunyoning yetakchi hamkor universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

    2020-2021 o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 25 ta xorijiy pedagoglari ishga qabul qilindi.

    Hamkor universitetlar orasida dunyodagi QS xalqaro reytingga kiruvchi Italiyaning Milan universiteti, Finlyandiyaning JAMK universiteti, Rossiyaning RUDN universiteti va boshqalar o‘rin egallagan.

    Mazkur pedagoglar «Stomatologiya» va «Davolash ishi» yo‘nalishdagi fanlardan ma’ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.