Qo‘mitaga ko‘ra, ayrim holatlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tijorat maqsadidagi axborotlar reklama sifatida belgilamasdan e’lon qilinmoqda.
«Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq, reklama boshqa axborotdan «reklama» yoki «reklama huquqi asosida» degan belgi bilan aniq ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Shuningdek, tahliliy maqola, sharh, fikr va mulohazalarda tijorat maqsadi ko‘zlangan bo‘lsa, ular ham reklama sifatida belgilanishi kerak.
Raqobat qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar ma’murlari, blogerlar, vaynerlar hamda boshqa tarmoq faollarini axborot va reklama materiallarini tarqatishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.