Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama toʻlanadi.
Mahalla bankirlarini ham shu tartibda oʻqitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.
Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish vazifasi belgilandi.