— Bir necha yillardan beri parranda boqish bilan shug‘ullanib kelmoqdamiz, — deydi mazkur mahalla Rahshon ko‘chasi 18-uyda yashovchi Navbahor Ochilova. — Hozir uyimizda besh ming boshdan ko‘proq bedana parvarishlanmoqda. Ular yaqinda tuxumga kirdi va bir yil mahsulot beradi, keyin go‘shtga topshiriladi. Sir emas, hozir kuniga 4-4,5 ming dona tuxum olmoqdamiz. Shu kunlarda uning donasini 350-400 so‘mdan sotayapmiz, uyimizdan olib ketadi. Ishlagan odam kam bo‘lmas ekan, harakat qilayapmiz yaxshi yashayapmiz. Shuni orqasidan oilamiz but, dasturxonimiz to‘kin, to‘ylar qildik.
N. Ochilovaning aytishicha, har yili inkubatordan chiqqan bedana jo‘jalarini (donasini) 1000-1200 so‘mdan sotib oladi. Ular bir yarim oy deganda tuxumga kiradi. Kuniga ikki mahal – ertalab va kechqurun oziqlantiriladi, doimiy ravishda suv beriladi, tagi tozalab turiladi. Xullas, parranda boqishning mehnati oson emas, shunga yarasha daromadi bor.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 23-iyuldagi “Parrandachilik sohasini ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori bu borada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Mutaxassislarni ta’kidlashicha, bedana tuxumi va go‘shtini iste’mol qilib turish yurak, kam qonlik, gipertoniya, gastrit, oshqozon yarasi, qandli diabet, astma, tuberkulyoz va ayrim ko‘z kasalliklariga juda foydali. Uning tuxumidagi A, PP, B1 va B2 vitaminlari tovuqnikidan ancha yuqori hisoblanadi.
X. Salimov,
“Yuz.uz” muxbiri