Mazkur idoraviy hujjat “Bitiruvçi sifati indeksi”ni hisoblaşda qöllaniladigan indikatorlar va koeffitsiyentlarni aniqlaş tartibini belgilaydi.
“Bitiruvçi sifati indeksi” quyidagi indikatorlar asosida hisobot yili yakunlariga köra şakllantiriladi:
bitiruvçilarning band böliş tezligi;
barqaror bandlik darajasi;
örtaça oylik daromadi;
bandlik toifasi.
Hisobot yili 1-iyuldan boşlanib, keyingi yilning 30-iyun sanasiga qadar bölgan 12 oylik davr hisoblanadi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvçilar uçun bitiruvçilarning band böliş tezligi va bandlik toifasi indikatorlarida eng yuqori koeffitsiyent qöllaniladi hamda barqaror bandlik darajasi indikatorini hisoblaşda barqarorbandligi taʼminlangan bitiruvçilar sifatida hisobga olinadi.
Bandlik toifasi indikatorini hisoblaşda bitiruvçi bir vaqtning özida bir neçta toifaga mansub bölgan taqdirda, unga nisbatan belgilangan oşiruvçi koeffitsiyentlardan eng yuqorisi qöllaniladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga muvofiq “Bitiruvçi sifati indeksi”ni işlab çiqiş hamda har yili eng yuqori indeksga ega 20 ta oliy taʼlim taşkilotining Karyera markazlarini 500 mln sömdan moliyaviy rağbatlantiriş yölga qöyilgan.