Ertaga esa test sinovlarining 23-iyul kuni topshirilgan natijalari ham e’lon qilinadi. Shu bilan barcha abituriyentlarning test natijalari to‘liq ma’lum qilingan bo‘ladi.
Shundan so‘ng, taxminan 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Yo‘nalish tanlash jarayoni yakunlangach, 8–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish ishlari olib boriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mandat natijalari 17-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng, 18–27-avgust kunlari oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Muhim sanalar:
14–23-iyul — test sinovlari;
25-iyul–8-avgust — oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash (taxminiy muddat);
8–17-avgust — yakuniy mandatni shakllantirish (taxminiy muddat);
17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilayotgan sana;
18–27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlar uchun texnikumlarni tanlash bosqichi (taxminiy muddat).
Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yili qabuli bo‘yicha mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi. Ya’ni mandat qonunchilikda belgilangan muddatdan oldin, 5 kunda chiqqan. Joriy yilgi qabulda esa abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 54,5 ming nafarga kamayib, 677 ming 907 nafarni tashkil etdi. O‘tgan o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 732 ming 411 nafar bo‘lgan. Mandat natijalari bu yil ham belgilangan muddatdan oldinroq e’lon qilinish ehtimoli bor.
@mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
@nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!