“Journal of Experimental Psychology” jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflari shunday xulosaga kelishdi.
Hatto inson nutqini eshitganda ham har kimning ham miyasi notanish tildagi tovushlar aniq faqrlamasligi mumkin. Ba’zilar ularni shunchaki odatlanmagan akustik signal sifatida qabul qiladi.
Talaffuz xususiyatlarini payqash qobiliyati chet tili talaffuzini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning kalitlaridan biri bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlaydi vokrugsveta.ru.
Olimlar ishtirokchilarning eshitish qobiliyatini qanday tekshirdilar
London universiteti kolleji (UCL) va Toxoku universiteti tadqiqotchilari ingliz tilini o‘rganayotgan 67 nafar yaponiyalikning tovushlardagi sezilar-sezilmas o‘zgarishlarni farqlash qobiliyatini baholashdi. Ishtirokchilardan nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan tovushlarning balandligi, davomiyligi va ohangidagi farqlarni aniqlash so‘raldi.
Keyin olimlar funksional magnit-rezonans tomografiya yordamida ishtirokchilarning miyasi faolligini o‘rganib, ular ingliz tilidagi ikkita unlini farqlashga harakat qilishdi: /æ/ - cat so‘zidagi "a" ga o‘xshash tovush va /ʌ/ - cup so‘zidagi qisqa "a" yoki "e" ga o‘xshash tovush. Yapon tilida bu tovushlarga aynan mos keladigan unlilar yo‘q.
Ikkinchi topshiriqda ishtirokchilarga yana tovushning nozik jihatlarini farqlash taklif qilindi, ammo bu safar nutq bo‘lmagan signallarda edi.
Til o‘rganishda eshitish qobiliyatini mashq qildirish nima uchun muhim?
Tadqiqotning yetakchi muallifi, London universitet kolleji ta’lim institutidan doktor Kazuya Saito-van Puteren (Dr. Kazuya Saito-van Poeteren) yaxshi eshitadigan odamlar notanish tovushlarni darhol odatiy nutq modellari bilan bog‘lashga harakat qilmasdan, ularni obyektivroq qabul qila olishini tushuntirdi. Buning o‘rniga, ular miyasi akustik xususiyatlarning o‘zini tahlil qiladi va bu nima uchun ba’zi odamlar chet tillarini boshqalarga qaraganda osonroq o‘rganishini tushuntirishi mumkin.
“Aksariyat odamlar chet tilini so‘zlarni yodlash va nutqni tinglash orqali o‘rganadi. Biroq, tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, tilni o‘zlashtirishning asosini tashkil etuvchi tovushlarni farqlash qobiliyati – eshitish qobiliyatini ham mashq qildirish foydali”, – dedi olim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy tillarni o‘qitishda "qancha ko‘p amaliyot bo‘lsa, shuncha yaxshi" tamoyilidan voz kechib, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eshitish qobiliyatini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
Endi tadqiqot guruhi til o‘rganishni eshitish mashg‘ulotlari bilan birlashtiradigan dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. U balandlikning nozik o‘zgarishlarini va tovushlarning boshqa akustik xususiyatlarini yaxshiroq farqlashni o‘rganishga yordam berishi kerak.