Hukumatning muhokamaga qoʻyilgan loyihasiga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab respublika reytingida TOP–100 talikka kirgan maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, TOP–20 texnikum hamda TOP–10 oliy taʼlim muassasalari pedagoglariga chegirmalar taqdim etiladi.
Loyihada qayd etilishicha, mazkur tashabbus bogʻcha tarbiyachilari, maktab oʻqituvchilari va oliygoh professor-oʻqituvchilarining jamiyatdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Taklif etilayotgan nizomga muvofiq, pedagoglarga kalendar yilida bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezd chiptalari tarif qismiga 15 foiz chegirma beriladi.
Bunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar ushbu imtiyoz doirasiga kirmaydi. Chegirma ekonom-klass aviachiptalari hamda platskart yoki kupe vagonlariga tatbiq etiladi.
Loyihada chiptalarni rasmiylashtirish tartibi ham belgilangan. Unga koʻra, pedagoglar taʼlim muassasasidan ish joyi va lavozimini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olishi kerak boʻladi.
Chegirmali chiptalar Oʻzbekiston temir yoʻllari hamda
Shu bilan birga, bir pedagogga yil davomida ikki yoki undan ortiq marta chegirmali chipta berishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilmoqda.
Hujjat loyihasiga koʻra, pedagoglarga taqdim etilgan chegirmalardan kelib chiqqan xarajatlar Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.