RK-251 deb nomlangan dori Hindistonning Fan va texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar instituti va Guvaxatidagi Hindiston texnologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, deb xabar berdi Kazinform.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat saraton hujayralari ichida harakat qilish uchun mo‘ljallangan yangi "aqlli" dori ko‘p hollarda sog‘lom hujayralarga zarar yetkazadigan an’anaviy kimyoterapiya o‘rnini bosishi mumkin.
RK-251 sog‘lom to‘qimalarda faol bo‘lmaydi va asosan o‘sma hujayralari ichida faollashadi. Vazirliklik ma’lumotlariga ko‘ra, preparatning ta’sir mexanizmi saraton hujayralarida reaktiv kislorod turlarining yuqori darajasiga asoslangan.
Tadqiqot davomida RK-251 preparatining toksikligining aniq belgilari aniqlanmadi. Bu uning xavfsizligi va samaradorligini yanada o‘rganish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi.
Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi ham preparat hali klinikadan oldingi tadqiqotlar bosqichida ekanligini ta’kidladi. Uning odamlarda qo‘llanilishi imkoniyatini baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak.