Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MChJ mas’ul shaxslari “Nafosat” MFY hududidagi qurilish obyektida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 366,6 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.G.” MChJ rahbari Sh.T. MChJ binosida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 101,8 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.