Uning aytishicha, Hindistondagi nisbatan arzon go‘shtni O‘zbekiston bozoriga olib kirish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etilgan va yangi kelishuvlarga erishilgan.

Eng muhim jihatlardan biri — go‘shtning halolligi va xavfsizligini ta’minlash. Buning uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar Hindistonga borib, go‘shtni so‘yish va tayyorlash jarayonida ishtirok etadi. Mahsulot tegishli xalqaro va halol sertifikatlar asosida tayyorlanib, keyin O‘zbekistonga eksport qilinadi.

Vazirning ta’kidlashicha, logistika masalasida ham Turkiya orqali, xususan, Mersin porti yordamida uch tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi savdo aylanmasi so‘nggi yillarda uch barobardan ko‘proq oshgani, O‘zbekistoning 30 dan ortiq turdagi mahsulotlarini Hindistonga eksport qilish bo‘yicha ham imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.