Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 90,3 mln AQSh dollariga oshgan.

Mazkur davrda “IT Park” ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,1 trln so‘mga ko‘p.

Shuningdek, “IT Park” ishtirokchilari bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 647,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 352 mlrd so‘mga oshgan.