Yigʻilish chogʻida ITB 2020-yildagi amaliy va moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar koʻrib chiqildi, ITB, “AWQAF” Koʻchmas mulk investitsiya jamgʻarmasi, “Vaqf” Butunjahon jamgʻarmasi hamda Fan, texnologiya va innovatsiyalarni transformatsiyalash Jamgʻarmalarining smetalari boʻyicha hisobotlar tasdiqlandi va tashqi auditorlar tayinlandi. Shuningdek, 2021-2022-yillarga Qoʻmita raisi va uning ikki nafar oʻrinbosarlari saylandi, 2022-yilda Boshqaruvchilar Kengashining 47-Yillik anjumanini oʻtkazish uchun Tartib-taomillar boʻyicha qoʻmitasining tarkibi belgilandi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
ITB Guruhi Tartib-taomillar boʻyicha qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46 yillik anjumani dasturi doirasida vazifalariga Yillik anjuman kun tartibidagi asosiy masalalar boʻyicha qarorlarni koʻrib chiqish va qabul qilish boʻlgan Bank ichki organi, Tartib-taomillar boʻyicha qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- I va II guruh nogironligi boʻlgan fuqarolarga pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi