Yillik isteʼmol narxlari indeksi 107,1 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foiz bandga past (2025 yil mart — 110,3 foiz).
Mart oyida narxlar oʻsishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida pomidor (11,5%), bulgʻor qalampiri (10%), kartoshka (9,8%), qovoq (9,4%), olma (7,4%), banan (6%), limon (4,4%) narxlarining oʻsishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, tuxum, goʻsht, baliq, shakar va oʻsimlik yogʻi narxlari ham oshgan.
Ayni paytda bodring (-20,7%), karam (-4,7%) va piyoz (-4,6%) narxlarining pasayishi inflyatsiyani cheklovchi omil sifatida qayd etildi.
Nooziq-ovqat mahsulotlarida ayrim dori vositalari, kiyim-kechak va tsement narxlari oshgan boʻlsa, propan hamda
Xizmatlar sohasida maishiy chiqindilar uchun toʻlov va taʼmirlash xizmatlari qimmatlashgan, biroq ichki va xalqaro aviaqatnov tariflari arzonlashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, hisob-kitoblar 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalaridan olingan qariyb 1,2 million narx kuzatuvlari asosida shakllantirilgan. Unda 419 turdagi tovar va 98 turdagi xizmat narxlari tahlil qilingan.