Maʼlum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1992 va 1995 yillarda tug‘ilgan fuqarolar hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan shaxs qalbaki 100 dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtirgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilar qalbaki 80 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur soxta valyuta xorijda tayyorlanib, aylanma yo‘llar orqali mamlakatga olib kirilgani aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, qalbaki valyuta tayyorlash, saqlash, tashish va muomalaga kiritish davlatning iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvchi jinoyatlardan biri bo‘lib, bunday qilmişlar uchun qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilangan.