Xususan, Namangan tumanida yashovchi mehnat faxriysi, 108 yoshli Ibrohimjon ota Xo‘jaev hamda Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori Sayfiddin Mamadaliev ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ularga «Prezident hojisi» yo‘llanmalarini tantanali ravishda topshirdi.

Ta’kidlanishicha, Ibrohimjon ota Xo‘jaev o‘zining boy hayotiy tajribasi, dono maslahatlari va jamoatchilik orasidagi obro‘si bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Sayfiddin Mamadaliev esa tibbiyot sohasidagi samarali faoliyati va inson salomatligi yo‘lidagi mehnati bilan keng jamoatchilik e’tirofiga erishgan.

Tadbir davomida hojilardan muqaddas zaminlarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishi uchun xayrli duolar qilish so‘raldi.