Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar bermoqda.
Idora misol tariqasida shunday dorixonalar va dori vositalarining baʼzilari roʻyxatini eʼlon qildi:
«Shunqorlar» MJCH:
- «Polimik blisterы №10 (1×10)» dori vositasi sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 soʻm, lekin 5,5 barobar qimmatga, yaʼni 70 ming soʻmda taklif etilgan;
- «Konvuleks kapli dlya priyema vnutr 300 mg/ml» aslida 66 481 soʻm, lekin 395 ming soʻmda (6 barobar).
«Muno farm» MCHJ (Qoraqamish 2/5-mavzesi):
- «Stimuloton tabletki pokrыtыye obolochkoy 50 mg blisterы №30 (3×10)» aslida 50 666,17 soʻm, lekin 295 ming soʻmda (6 barobar).
«City farm» MCHJ:
- «Baktamed 3.5 ml ampulы» aslida 18 849,43 soʻm, lekin 63 ming soʻmda (3,3 barobar);
- «No-shpa 40 mg/2 ml ampulы №25» ruxsat etilgan narxdan qimmat.
«Hosil farm» MCHJ:
- «Lantus solostar 100 yed/ml 3 ml №5 (1×5)» ruxsat etilgan 20 foiz ustama qoʻyilgandagi narxi 115 173,3 soʻm, lekin 80 foiz ustama qoʻyilib, 190 ming soʻmda sotilgan;
- «Slideron tabletki 16 blisterы №20 (2×10)» aslida 115 677,1 soʻm, lekin 349 ming soʻmda (3 barobar).
«Amir farm trade» MCHJ:
- «Baktamed 0,5% 3.5 ml ampulы» aslida 18 849,43 soʻm, lekin 20 foiz oʻrniga 100 foiz ustama qoʻyilib, 32 ming soʻmga sotilgan.
«Feruza nur med» MCHJ:
- «Polimik blisterы №10 (1×10)» aslida 12 837,18 soʻm, lekin 62 ming soʻmda (5 barobar)
«Leader pharmagroup» XK, «Pharm s golden» MCHJ va «Ruslan buyuk farm» MCHJ:
- «No-shpa 40 mg/2 ml ampulы №25» dori vositasi ham belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatmalar berilgan. Litsenziya talablari boʻyicha masalani qayta koʻrib chiqish uchun tegishli vakolatli organga soʻrovlar yuborilgan.
Raqobat qoʻmitasi farmatsevtika sohasida dori vositalari narxlari ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida «sirli mijoz» tadbirlarini tizimli ravishda davom ettirishini maʼlum qildi.