Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 7 oktabr kuni soat 08:22 da “Shahriston” metro bekatida 1985 yilda ishlab chiqarilgan eski harakat tarkibining 69-sonli poyezdida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Nosozlik sababli poyezd 6 daqiqa davomida harakatlana olmagan.

Shundan so‘ng yo‘lovchilar poyezddan tushirilib, harakat tarkibi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun maxsus yo‘lakka olib ketilgan.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zudlik bilan zaxira poyezd yo‘nalishga chiqarilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli texnik choralar ko‘rilgan.

“Toshkent metropoliteni” AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.