Bu haqda «O‘zkosmos» agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, marosimda Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, «O‘zkosmos» agentligi direktori Shuhrat Qodirov hamda «Sun’iy intellekt alyansi» NNT direktori Aziz Muhiddinov ishtirok etdi.

Mazkur hujjat IAC-2028 kongressini Samarqandda tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlikning muhim amaliy bosqichi hisoblanadi, deyiladi Agentlik xabarida.

Endilikda kongressni yuqori darajada tashkil etish, xalqaro ishtirokchilar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash hamda kongress dasturini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.