Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, jami maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 29 196 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning soni 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga oshgan.
Faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni boʻyicha Qashqadaryo viloyati yetakchi — 4 458 ta.
Keyingi oʻrinlarda:
- Samarqand viloyati — 4 443 ta;
- Fargʻona viloyati — 4 341 ta;
- Andijon viloyati — 4 308 ta;
- Namangan viloyati — 4 042 ta;
- Surxondaryo viloyati — 3 382 ta;
- Toshkent viloyati — 2 447 ta;
- Buxoro viloyati — 2 234 ta;
- Xorazm viloyati — 2 111 ta;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 788 ta;
- Jizzax viloyati — 1 709 ta;
- Navoiy viloyati — 1 481 ta;
- Toshkent shahri — 1 350 ta;
- Sirdaryo viloyati — 1 189 ta.
Shu tariqa, mamlakatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng koʻp qismi Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Andijon viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.