Bu haqda Xitoy Fanlar akademiyasi Shanxay astronomiya observatoriyasi kichik ilmiy xodimi Chjan Szyazyun “Nima uchun biz Marsga boramiz?” nomli maqolasida ma’lum qildi, deya xabar berdi naked-science.ru.
Chjanning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat Marsda doimiy ravishda bo‘la olishi uchun uchta asosiy vazifani hal qilishi kerak: Yer va Mars o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlash, ikki sayyora o‘rtasida yuk tashishni yo‘lga qo‘yish va “Qizil sayyora”da odamlarning omon qolishi uchun sharoit yaratish.
Fazoviy apparatlar aloqasi va navigatsiyasi uchun Shanxay astronomiya observatoriyasi rahbarligida ishlab chiqilgan o‘ta uzun bazali radiointerferometriya asosidagi orbitalarni aniqlash tizimidan foydalaniladi. U Marsga yo‘l olgan apparatlar trayektoriyasini yuqori aniqlikda belgilab olish imkonini beradi va ularning orbitaga muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlashga yordam beradi. Chjanning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya Xitoyning “Tyanven-1” Mars missiyasi davomida sinovdan o‘tkazilgan.
Ikkinchi vazifa — Yer va Mars o‘rtasida moddiy obyektlar almashinuvini tashkil etish. Insoniyat allaqachon Qizil sayyoraga kosmik apparatlarni yuborishni o‘rganib olgan, biroq hozircha Mars moddasini Yerga yetkazib berish texnologiyasiga ega emas.
Chjanning so‘zlariga ko‘ra, endi Xitoy keyingi qadamni qo‘yishni rejalashtirmoqda: taxminan 2031-yilda Mars tuprog‘i namunalarini Yerga yetkazib berish. “Tyanven-3” missiyasi taxminan 2028-yilga mo‘ljallangan.
Uchinchi vazifa — Marsda insonning omon qolishini ta’minlash. Sayyorada juda past harorat, yuqori radiatsiya darajasi, kuchsiz gravitatsiya va past atmosfera bosimi mavjud. Bundan tashqari, suv va kisloroddan foydalanish imkoniyati cheklangan.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning hayotini ta’minlash va tadqiqot ishlarini olib borish uchun mahalliy resurslardan qanday foydalanish kerakligini aniqlash kerak.
Boshqa osmon jismlari ancha uzoqda joylashgan.
Chjanning fikricha, bu qiyinchiliklarga qaramay, insoniyat Yer-Oy tizimidan tashqariga chiqib, uzoq koinotni o‘zlashtira boshlagach, Mars erishiladigan maqsad bo‘lib qolmoqda.
Merkuriy Quyoshga juda yaqin, Veneradagi sharoit esa o‘zlashtirish uchun juda noqulay. Boshqa osmon jismlari ancha uzoqda joylashgan. Bu fonda Mars bir qator afzalliklarga ega: unda siyraklashgan atmosfera va suv muzi mavjud, sutkaning davomiyligi va yil fasllarining almashinuvi esa Yerdagidek. Bu xususiyatlar Qizil sayyorani sayyoralararo sivilizatsiya yo‘lidagi mos oraliq bosqichga aylantiradi, dedi tadqiqotchi.