Unga koʻra, taʼlim granti soni ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratiladi.
Bunda:
toʻliq taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan taʼlim granti;
toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanmaydigan taʼlim granti.
Joriy oʻquv yili yakunida grant taqsimoti uchun arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilindi. Yangi oʻquv yili uchun qayta taqsimlangan grant natijalari eʼlon qilinmoqda.
Grant uchun daʼvorgarlik qilgan talabgorlar HEMIS platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali grant natijalarini koʻrib olishlari mumkin.