Özbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarini navbatdagi ğalaba bilan davom ettirdi. Fabio Kannavaro boşçiligidagi futbolçilarimiz Qatar maydonlarida Saudiya Arabistoni ustidan 2:1 hisobida zafar quçdi.
Ar-Rayyan şahridagi "Jassim bin Hamad" stadionida taşkil etilgan uçraşuvda jamoamizning har ikki goliga Şerzod Esanov mualliflik qildi.
Birinçi bölimning örtalarida Özbekiston hisobda oldinga çiqdi. 19-daqiqada saudiyaliklar darvozabonining xatosidan unumli foydalangan Esanov töpni darvozaga yölladi.
Raqibning javob qaytarişi uçun köp vaqt talab etilmadi. Oradan tört daqiqa ötib, Firas Al-Buraykan boş bilan yöllagan aniq zarbasi orqali muvozanatni tikladi.
Biroq tanaffusga qadar ustunlik yana Özbekiston tomoniga ötdi. 35-daqiqada standart vaziyatdan keyin jarima maydonida qulay imkoniyatga ega bölgan Şerzod Esanov ikkinçi golini urib, dublni rasmiylaştirdi.
Ikkinçi bölimda saudiyaliklarning vazifasi yanada murakkablaşdi. 51-daqiqada himoyaçi Ali Lajami qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.
Bir kişi köp bölib harakat qilgan Özbekiston terma jamoasi qolgan daqiqalarda hisobdagi ustunligini saqlab qolişga muvaffaq böldi.
Şu tariqa, futbolçilarimiz 2:1 hisobida ğalaba qozonib, navbatdagi xalqaro örtoqlik uçraşuvini muvaffaqiyatli yakunladi.