Jumladan, O‘zbekiston — suv stressini kamaytirishdagi yutuqlari, Xitoy – sanitariya sohasidagi taraqqiyoti, San-Tome va Prinsipi – ichimlik suviga yetishishni yaxshilash borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashishi uchun 7-iyul kuni Nyu-York shahrida o‘z ishini boshlagan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 2026-yilgi Yuqori darajadagi siyosiy forumiga taklif etildi.
Forumda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev mamlakat erishgan yutuqlar haqida maʼlumot berib, o‘ziga xos tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, O‘zbekistonda suv stress ko‘rsatkichi 2017-yildagi 169 foizdan 2022-yilda 122 foizgacha pasayib, 47 ta punktga kamaygani qayd etildi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida suv xo‘jaligi sohasidagi institutsional va huquqiy islohotlar, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv xo‘jaligini raqamlashtirish va O‘zbekiston mintaqaviy suv diplomatiyasini rivojlantirish masalalari amalga oshirilgani taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun, Forum 2015-yildan beri har yili o‘tkazilib kelinmoqda. U milliy idoralar rahbarlari, BMT tizimi, akademik hamjamiyat va boshqa ishtirokchilarni birlashtiradi.