Kamilla Raximova reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rga yo‘l oldi.

Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva esa saralash bosqichida ketma-ket uchta g‘alaba qozonib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu O‘zbekiston ayollar tennisi uchun muhim natija bo‘lib, dunyoning eng nufuzli turnirlaridan birida mamlakatimiz sharafini bir yo‘la uch nafar tennischi himoya qiladi.