“Qiş kelmoqda” (Winter is coming) — bu jumla amerikalik yozuvçining “Muz va olov qöşiği” asaridagi eng maşhur iboralardan biri. Unda qişning yaqinlaşişi nafaqat tabiatdagi mavsumiy özgarişni, balki qiyinçiliklar, sinovlar va kutilmagan xavflar ostonasida turgan davrni ham anglatadi.

Bugun bu iborani badiiy asar sahifalaridan olib, jahon energetikasiga nisbatan ham qöllaş mumkin. Zero, qiş yaqinlaşgan sari dunyoning köplab mamlakatlarida faqat havo harorati emas, balki energiya taʼminoti, gaz zaxiralari, elektr narxlari va aholining isitiş xarajatlari masalasi ham kun tartibiga çiqadi. Keyingi yillarda qiş fasli haqiqatan insonlar sabrini sinaydigan, butun dunyoda energetika taqçilligi kuçayadigan bir davrga aylanib qoldi.

Prezidentimiz şu yil 6-oktyabr kuni kuz-qiş mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça ötkazilgan takliflar taqdimotida uşbu masalaga alohida eʼtibor berib, dunyodagi geosiyosiy keskinlik, energiya resurslari va xomaşyo narxlari ösişi, taʼminot va logistika zanjirlaridagi uzilişlar köplab mamlakatlarda inflyatsion bosimni kuçaytirayotganini qayd etdi. Bunga bir qator omillar sabab bölmoqda.

Birinçisi, geosiyosiy ziddiyatlar va energiya resurslari uçun raqobat. Neft va tabiiy gaz qazib çiqariladigan yoki ularni yetkazib berişda strategik ahamiyatga ega bölgan hududlardagi siyosiy beqarorlik xalqaro bozorlarga taʼsir körsatmoqda. Jumladan, Yaqin Şarqdagi keskinlik va muhim dengiz yöllarida yuzaga keladigan uzilişlar energiya resurslari narxi hamda yetkazib beriş masalasini oğirlaştirmoqda.

Ikkinçisi, elektr energiyasiga talab jadal ösişi. Zamonaviy sanoat, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va maʼlumotlar markazlari iqtisodiyotning yangi imkoniyatlarini oçmoqda. Biroq bu jarayonlar katta miqdorda energiya talab qiladi.

Uçinçisi, energiyani köp işlab çiqarişning özi yetarli emas: uni isteʼmolçiga uzluksiz yetkaziş ham kerak. Eskirgan elektr tarmoqlari, gaz quvurlari, issiqlik markazlari va binolardagi issiqlik yöqotişlari mavjud resurslarning bir qismi samarasiz sarflanişiga olib kelayotir.

Uşbu omillar energetikaga talab kelgusida bundan ham yuqori bölişi, yaʼni bu holat bir-ikki yilda hal etilmasligini körsatadi. Şu bois, Özbekiston energetika tizimida ikki yönalişda islohotlar keçmoqda.

Birinçisi, uzoq muddatli taşabbus va loyihalar. Ularni hayotga tatbiq etiş natijasida muammoni muvaffaqiyatga aylantiriş közlanmoqda. Yaʼni nafaqat energiya taqçilligiga barham beriş, balki Özbekistonni elektr energiyasi eksporti böyiça dunyodagi yetakçi mamlakatlardan biriga aylantiriş maqsad qilingan.

Ikkinçisi, bugungi vaziyatni yumşatiş borasidagi islohotlar. Aholini uzluksiz va hamyonbop yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş uçun zaruriy çora-tadbirlar körilmoqda. Sababi, aholi qaçon energetika tizimi yaxşi böladi deb kutib turolmaydi. Ularga yoqilği mahsulotlari, issiqlik taʼminoti bugun, ayni şu qiş mavsumidayoq kerak.

Xöş, buning uçun mamlakatimizda qanday işlar qilinmoqda?

Özbekistonda yoqilği va energetika mahsulotlariga talab va taklif nomutanosib. Ammo yöq ekan deb qöl qovuştirib ötiriş ham töğri kelmaydi. Baʼzi mamlakatlar öz muammolari bilan kuraşib, uni muvaffaqiyatga aylantirganiga doir misollar bor.

Masalan, ikki okean örtasida joylaşgan Singapurni çuçuk suv yetişmovçiligi muammosi qiynardi. Ular bu muammodan qutuliş uçun suvni tozalaydigan yangi texnologiyalarni ixtiro qiliş borasida boş qotirdi. Suv tozalaş texnikasi işlab çiqaradigan yirik korxonalar qurildi. Bugun dunyo miqyosida Singapur bunday texnologiyalarni işlab çiqariş va eksport qilişda yetakçi mamlakatga aylangan.

Özbekistonda anʼanaviy energetikaga qaramlikni kamaytiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş va ularni yagona energetika tizimiga integrasiya qiliş böyiça keng kölamli islohotlar keçmoqda. Quyoş va şamol elektr stansiyalari, energiyani saqlaş tizimlari quriş, elektr tarmoqlarini modernizasiyalaş hamda atom energetikasini rivojlantiriş orqali turli manbalarga tayangan muvozanatli energetika tizimi şakllantirilmoqda.

Bunda biznes vakillari, hamkor davlatlar va investorlar bilan birgalikda özaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etişga alohida urğu berilmoqda.

Şu yil 16-oktyabrda davlatimiz rahbari yoqilği-energetika tarmoğidagi ­islohotlarni jadallaştiriş va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş yuzasidan sarmoyadorlar bilan oçiq muloqot ötkazdi. Muloqotda keyingi ön yilda Özbekiston energetikasida yangi bosqiç boşlangani qayd etildi.

Darhaqiqat, bozor xususiy sarmoyalar uçun oçilib, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari joriy etildi. Natijada sohaga 35 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, yirik energetika loyihalarini amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, quyoş, şamol va gidroelektr stansiyalar hisobiga qayta tiklanuvçi energiyaning jami elektr generasiyasidagi uluşi 31 foizga yetgani özgarişlar hosilasidir.

Yiğilişda energetika sohasiga investitsiya jalb etişda yangi bosqiç boşlanayotgani alohida taʼkidlandi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, bugun energetika nafaqat iqtisodiy taraqqiyotning muhim tayançi, balki mamlakatning kelgusi rivoji, sanoat salohiyati va aholi turmuş farovonligini belgilaydigan strategik yönalişdir. Muloqot davomida umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik oltita yirik loyiha böyiça bitimlar imzolangani sohaga investitsiya oqimi kengayib borayotganidan dalolat beradi. Uşbu loyihalar doirasida 3 ming megavattlik elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlari va 400 megavattlik energiya saqlaş tizimlari barpo etiladi.

Energetika sohasida işlab çiqariş quvvatlarini oşirişning özi kifoya emas — elektr energiyasini isteʼmolçiga uzluksiz va işonçli yetkazib beriş ham muhim vazifa. Şu bois, elektr tarmoqlari va energiya saqlaş infratuzilmasini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2030-yilgaça 5 ming kilometr elektr tarmoği va 16 ta yirik podstansiya quriş, energiya saqlaş quvvatlarini esa 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu rejalar energetika tizimi barqarorligini mustahkamlaş, talab va taklif örtasidagi mutanosiblikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur raqamlar zamirida esa oddiy, ammo hayotiy ahamiyatga ega maqsad — iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz energiya bilan taʼminlaş, ösib borayotgan ehtiyojni qondiriş va energetika tizimi barqarorligini mustahkamlaş, hatto eksport qiliş vazifasi mujassam. Binobarin, bugun energetikaga kiritilayotgan sarmoya ertangi taraqqiyot uçun yaratilayotgan mustahkam zamindir.

Adib Eşqobil Şukur bir şeʼrida aytganidek, “Qiş neʼmati — bir öçoq olov”. Yaʼni sovuq kuz-qiş mavsumida oddiy aholi uçun eng muhimi uyining issiqligidir. Ammo şu örinda yana bir muhim masalani örtaga taşlaş lozim. Uyingizni isitadigan, taomingizni pişiradigan olov xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa, kulfat ham keltirib çiqarişi mumkin. Közga körinmas va hidsiz is gazi ozgina mablağni tejaş ilinjida qölbola isitiş moslamalaridan foydalanganlar, nosoz qurilmalarni taʼmirlamasdan işlatganlarga oğir saboq berib qöymoqda. Şuning uçun tejamkorlik qilaman deb oila aʼzolaringizning umrini qisqartirib qöyişingiz mumkin. Mutaxassislarning ogohlantirişlari, har mavsumda tuşuntiriş işlarini olib borişlari mana şu fojialarning oldini oliş yölidagi sobit qadamdir. Ammo ular har qança urinmasin inson özini özi asramasa barçasi bekor ketadi.

Bunday holatlarning oldini oliş, kamaytirişning yöllaridan biri, albatta, yetarliça yoqilği-energetika taʼminoti hisoblanadi. Kundalik ehtiyoj bölgani uçun ularning narxi arzon bölişi ham juda muhim. Oçiq maʼlumotlarga köra, Yevropa mamlakatlarida tabiiy gaz narxi bu yil 150 foizgaça kötarildi. Qiş mavsumiga gaz zaxirasi esa 75-78 foiz bölişi kutilmoqda.

Ayniqsa, bu holat kam taʼminlangan aholi vakillari hayoti sifati yomonlaşişiga sabab bölmoqda. Bugungi kunda dunyo böyiça 34 foiz aholi daromadining 10 foizini aynan elektr energiyasi va isitiş manbalari uçun sarflamoqda. Bu ularning oilaviy byudjetiga katta zarar keltiryapti.

Şu sabab Özbekistonda kuz-qiş mavsumida kambağal va ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, işsiz oilalar turli usullar bilan qöllab-quvvatlanadi. Bu yil ham tarmoq böyiça bir martalik subsidiya beriş, tölov taʼriflarini bunday aholi uçun kamaytiriş çoralari köriladi. Prezidentimiz kuz-qiş mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça takliflar taqdimotida tarmoqda bu mavsum amalga oşiriladigan zaruriy çora-tadbirlarni sanab ötdi.

Xususan, yiğilişda gazlaştirilmagan yoki gaz tarmoği yetib bormagan hududlarda yaşovçi aholi uçun isitiş mavsumida elektr energiyasi böyiça bazaviy meʼyorni amaldagi 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oşiriş taklifi maʼqullandi. Bu, avvalo, qişning sovuq kunlarida uyini elektr yordamida isitişga majbur böladigan xonadonlar zimmasidagi xarajat yukini yengillaştirişga qaratilgan. Zero, gaz taʼminoti mavjud bölmagan hududlarda elektr energiyasi oddiy maişiy ehtiyojni qondiriş vositasigina emas, xonadonda issiqlikni saqlaş, oila aʼzolari salomatligi va kundalik turmuş qulayligini taʼminlaşning ham muhim omilidir.

Şuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, kömir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplaşda oila aʼzolari jon boşiga töğri keladigan daromad mezoni 1 million 430 ming sömgaça oşiriladigan böldi. Mavsum oldidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş böyiça zarur çora-tadbirlar qilinmoqda.

Ijtimoiy siyosatning eng gözal jihati şundaki, u hujjatlar yoki raqamlarda emas, balki inson taqdirida aks etadi. Qarorlar qoğozda emas, xalq hayoti sifati kötarilişida körinadi. Kuz-qiş mavsumiga ­tayyorgarlik ança oldin — köklam vaqtidayoq boşlangan edi. Aholini qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlar minglab xonadonlarga issiqlik, umid va işonç ulaşişi şubhasiz.

Köplab xalqaro ekspert va tahlil taşkilotlari tomonidan Özbekiston energetika sohasini muvaffaqiyatli transformasiya qilayotgan namunali davlatlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Uşbu eʼtiroflar bu borada biz töğri yöldan borayotganimiz, energetik mustaqillikka erişiş va eksportçiga aylanişda yangi ufqlarni kaşf etayotganimizdan darak beradi.

Sanjar EŞMURODOV,

“Yangi Özbekiston” muxbiri