Ko‘rgazmada 2 mingdan ziyod mahsulot va texnologik yechimlar namoyish etildi. Kun davomida davlat buyurtmachilari, ishlab chiqaruvchilar va investorlar ishtirokida B2B va B2G uchrashuvlari hamda amaliy muzokaralar o‘tkazildi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazmada 80 dan ortiq korxonalar ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga 1200 nafardan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi. B2B uchrashuvlari — 30 ta, B2G uchrashuvlari — 20 ta, davlat xaridlari orqali 4 778 ta 490 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandi. Yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida 81 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ko‘rgazma ertaga ham davom etadi. Ikkinchi kun davomida hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini imzolash, yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha muzokaralar hamda amaliy uchrashuvlar davom ettiriladi.
Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik davlat buyurtmachilari bilan bevosita bog‘lash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirishdan iborat.
Fuqaro samolyotlarini işlab çiqarişda yetakçi 10 ta davlat
- Özbekistondan Şri-Lankaga töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyildi
- 1-noyabrdan tadbirkorlar örnatgan radarlar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni ham aniqlaydi
- Dunyo neft zaxiralari qayerda töplangan?
- Bryusselda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tahlil markazlarining birinçi forumi bölib ötdi
- Andijon va Namanganda havoni ifloslantirayotgan korxonalarga çora körildi