Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda. “Al Jazeera” media instituti va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu haftalik oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratilgan loyihalardan biri bo‘ldi.

Haftalik davomida ishtirokchilar mobil jurnalistika, sun’iy intellekt, raqamli media va vizual kontent tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdi. Olingan tajribani kundalik faoliyatga tatbiq etish, yangi g‘oyalarni sifatli media mahsulotlarga aylantirish muhimligini ta’kidladi. Bu Prezidentimiz rahbarligida milliy mediamizni rivojlantirish, jurnalistlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarga hamohangdir.

Tadbirda o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

"Institut direktori doktor Iman Al Amiriy xonimga, trener va ekspertlarga hamkorligi hamda bilim va tajribalarini baham ko‘rgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Barcha ishtirokchilarga ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va yangi marralar tilaymiz!", dedi Sherzod Asadov.