Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning besh nafari qamoqxona xodimlari bo‘lgan.

Vaziyatni yumshatish maqsadida Negombo qamoqxonasidan mahbuslarni boshqa jazo muassasalariga o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotgani xabar qilinmoqda.

Tartibsizliklar yakshanba kuni soat 13:00 atrofida ikki guruh mahbuslar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani tufayli boshlangan. Yakshanba kuni kechqurun vaziyat nazoratga olingan edi. Biroq, dushanba kuni ertalab yana zo‘ravonlik avj oldi, deb xabar berdi report.az.