Sifatsiz neft mahsuloti realizatsiyasiga chek qo‘yildi
Mamlakatimizda
2 sen 2026, 16:52
152
O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “N. A. S.” MChJga qarashli AYQShda Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida (14.5 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan neft mahsulotini sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.