Mazkur operatsiyalar orqali tushgan ayrim daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmasligi natijasida davlat byudjetiga tegishli tushumlar to‘liq shakllanmay qolmoqda.
Shu munosabat bilan soliq organlari yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarning bank plastik kartalariga kelib tushgan mablag‘lar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib bormoqda.
Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda hamda soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur jarayon jazolash yoki bosim o‘tkazish emas, balki iqtisodiy adolatni ta’minlash, yashirin aylanmalarni qisqartirish va halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Soliq organlari barcha tadbirkorlik subyektlarini amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishga, savdo tushumlarini to‘liq rasmiylashtirishga va soliq hisobotlarida haqqoniy aks ettirishga chaqirmoqda.
Qayd etilishicha, shaffof iqtisodiyot — ishonchli davlat, kuchli jamiyat va barqaror kelajakning muhim poydevori hisoblanadi.