Jahon meteorologiya taşkilotining 2026-yildagi iqlim holati töğrisidagi yangilangan hisobotiga köra, sönggi 12 yilning barçasi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq 12 yil qatoriga kirdi.
Şulardan sönggi tört yil harorat körsatkiçi böyiça birinçi törtta örinni egalladi.
2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida Yer yuzasidagi havoning örtaça global harorati sanoatlaşuvgaça bölgan davr körsatkiçidan taxminan 1,47 daraja Selsiyga yuqori böldi.
Şu bilan birga, Yerning energetik muvozanatsizligi ortib bormoqda. Sayyora avvalgiga nisbatan issiqlikni yanada tezroq töplamoqda. Buning asosiy sababi issiqxona gazlari konsentratsiyasining rekord darajaga yetganidir. Uşbu gazlar Quyoşdan keladigan energiya va Yerdan tarqaladigan issiqlik örtasidagi muvozanatni buzadi.
Ortiqça issiqlikning taxminan 90 foizini Jahon okeani özlaştiradi.
Mavjud maʼlumotlarga köra, 2026-yil okeandagi issiqlik miqdori rekord darajaga yetgan öninçi yil bölişi mumkin.
Bunday şaroitda iqlimni muntazam kuzatib boriş va oldindan prognoz qiliş jamiyat hamda iqtisodiyotga tahdid solişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni öz vaqtida aniqlaş imkonini beradi, deb xabar berdi Kazinform.