Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, transport egasi transportning soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqli.

Transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomasida transport mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi ko‘rsatilmaydi.

Haydovchilarning tanloviga ko‘ra aybdor tarafning sug‘urtalovchisidan sug‘urta tovonini olish maqsadida sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi ariza o‘rniga sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sug‘urtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin.

Bunda ariza aybdor tarafning sug‘urtalovchisi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Qonunchilikda hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi belgilangan shaxslarning bir vaqtning o‘zida budjet mablag‘lari hisobidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi taqiqlanadi.

Shuningdek, Qonun bilan elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibini joriy etishni belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.