Mavsum doirasida fuqarolar o‘z hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalarni quyidagi muddatlarda taqdim etishi mumkin:

  • 15 iyul – 3 avgust — loyihalarni qabul qilish;
  • 4–18 avgust — loyihalarni saralash;
  • 19–21 avgust — targ‘ibot bosqichi;
  • 22–31 avgust — ovoz berish bosqichi;
  • 1–10 sentyabr — qo‘shimcha g‘olib loyihalarni e’lon qilish.

Ma’lum qilinishicha, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalar 1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.

Fuqarolar jarayonda faol ishtirok etishga, mahallasi rivoji uchun dolzarb tashabbuslar bilan qatnashishga chaqirildi.