Joriy yilning 9-iyun kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialining Toshkent temir yo‘l masofasi korxonasi 20-sex mexanizatsiyalashgan brigadasi temir yo‘l sozlovchisi A’zam Ibrogimov xizmat vazifasini bajarish jarayonida haqiqiy jasorat namunasini ko‘rsatdi.
U Sergeli tumani hududidan o‘tuvchi Qorasuv kanali atrofida ish olib borayotgan vaqtida kanal oqimida oqib ketayotgan va yordam so‘rab chaqiriq qilgan ikki nafar qizchani ko‘rib qoladi. Voqea joyida tezkor qaror qabul qilgan temiryo‘lchi darhol kanalga tushib, kuchli oqim ta’sirida xavfli vaziyatga tushib qolgan bolani qutqarib qoldi.
A’zam Ibrogimovning jasorati va fidokorona harakati yuksak baholanib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan unga tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.