Yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoiti sababli metro poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Yer usti yo‘nalishidagi temir yo‘l relslarining harorati belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichdan (55°C) yuqori darajada qizib ketayotgani inobatga olinib, 2026-yil 15-iyul sanasidan boshlab amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq mazkur yo‘nalishda poyezdlarning harakat tezligi har kuni soat 18:00 ga qadar 60 km/soatdan 40 km/soatgacha vaqtincha cheklanadi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov poyezdlar harakat intervaliga ham qisman ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois yo‘nalishda metro poyezdlarning kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi kutilmoqda.
Ushbu cheklov faqat Yer usti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi metro poyezdlarga nisbatan qo‘llaniladi hamda yer osti metro yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi.