Suhbat jarayonida O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov hamda diplomatik vakolatxona xodimlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar Sergeli tumanida zamonaviy avtosalon va transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazini barpo etishni nazarda tutuvchi 10 million AQSh dollari qiymatidagi loyihani ko‘rib chiqdi. Unda loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlari, uni amalga oshirish muddatlari va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Sergeli tumani tadbirkorlari hamda Kuvayt, Suriya va Iroq ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, qo‘shma investitsiyaviy va eksport loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni ilgari surishdan manfaatdor ekanini bildirdi.