V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan 16-18 iyun kunlari Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, cheklovlar quyidagi hududlarda amal qiladi:

- Islom Karimov ko‘chasi: Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasigacha.

- Yangi O‘zbekiston ko‘chasi: Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan Yangi O‘zbekiston va Istiqlol ko‘chalari chorrahasigacha.

- Islom sivilizatsiyasi markaziga tutash hududda: Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan, so‘ngra Abdulla Qodiriy va Xurosaroy ko‘chalari bo‘ylab Xurosaroy va Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi.

Istisno tariqasida, favqulodda va tezkor xizmatlarning maxsus transport vositalariga harakatlanishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, forum o‘tkaziladigan kunlarda yuk transportlarining Toshkentga kirishi yopiladi. Harakat Toshkent viloyatining aylanma yo‘llari bo‘ylab amalga oshiriladi.

Fuqarolar vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashishga, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi xodimlarning talablariga rioya qilishga, shuningdek, o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishga chaqirildi.