3-noyabr kuni Şevçenko köçasining Nukus köçasidan Turkiston köçasigaça bölgan qismini qayta taşkil etiş loyihasi yuzasidan jamoatçilik eşituvi ötkazildi. Unda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman IIB boşliği Uluğbek Nasriddinov, mahalliy aholi, blogerlar va OAV vakillari iştirok etdi.
Taqdimotga köra, umumiy maydoni 30 975 kvadrat metr bölgan hududda zamonaviy piyodalar yölaklari, dam oliş maskanlari, savdo va xizmat körsatiş nuqtalari taşkil etiladi.
Loyihada 2 770 kvadrat metr maydonni kökalamzorlaştiriş, 154 tup manzarali buta ekiş, şuningdek, qöşimça 74 tup dekorativ buta uçun joy ajratiş rejalaştirilgan. Mavjud daraxtlarni saqlab qoliş va yaşil hududlarni kengaytirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Şuningdek, hududda ikkita zamonaviy favvora, 10 ta savdo şoxobçasi va 48 ta avtomobil uçun avtoturargoh taşkil etiş közda tutilgan. Favvoralar zamonaviy suv purkaş tizimlari, dekorativ yoritiş va energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlanişi rejalaştirilgan.
Loyihaning yana bir eʼtiborli jihati — tarixiy qiyofani saqlab qoliş. Xususan, aholi orasida «Tanga haykali» nomi bilan maşhur bölgan sobiq «Toşkent gerbi» monumenti rekonstruksiya qilinadi. Bunda uning mavjud meʼmoriy körinişi saqlanib, atrofi obodonlaştiriladi.
Bundan taşqari, hududda balandligi 65 metr bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği ustunini örnatiş rejalaştirilgan.
Taşabbus tadbirkorlar tomonidan davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilişi kutilmoqda. Uning asosiy maqsadi hududning tarixiy qiyofasini saqlagan holda şahar aholisi va sayyohlar uçun qulay dam oliş maskanini yaratiş, savdo va xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş hamda yangi iş örinlarini taşkil etişdan iborat.
Jamoatçilik eşituvida aholi vakillari öz savollari, taklif va mulohazalarini bildirgan. Bildirilgan fikrlar loyihani takomillaştiriş jarayonida örganib çiqilişi taʼkidlangan.
Hozirça bu loyiha jamoatçilik muhokamasiga taqdim etilgan taşabbus bölib, uning amalga oşiriliş muddatlari haqida maʼlumot berilmagan.