Bunda dastur doirasida:

1–4-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha boshlang‘ich mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi;

o‘quvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tanlab olinadi;

tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tennis bo‘yicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasi mablag‘lari hisobidan jihozlanadi;

mashg‘ulotlar tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.

Qaror bilan 2023-yil 7-apreldagi PQ–114-son qarori 7-ilovasining 9 va 10-bandlaridagi miqdorlarga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:

9. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

oltin medal uchun — 25 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun — 12 500 AQSh dollari;

bronza medal uchun — 6 250 AQSh dollari.

10. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

oltin medal uchun — 10 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun — 5 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun — 2 500 AQSh dollari.