Avtomobil xaridorlarga Activ 80KM va Activ 120KM komplektatsiyalarida taklif etilmoqda.
Chevrolet Equinox PHEV tashqi elektr tarmogʻidan quvvatlanuvchi Plug-in Hybrid Electric Vehicle (PHEV) tizimi bilan jihozlangan. Bu kundalik saflarning aksariyatini faqat elektr quvvatida amalga oshirish imkonini beradi. Benzinli dvigatel esa uzoq masofalarga safar qilishda qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.
Komplektatsiyasiga qarab avtomobil 17 va 24 kVt·soat sigʻimli LFP akkumulyator bilan taʼminlangan. Activ 80KM versiyasi faqat elektr quvvatida 80 kilometrgacha, Activ 120KM esa 120 kilometrgacha masofani bosib oʻta oladi. Batareya toʻliq quvvatlangan va yoqilgʻi baki toʻldirilgan holda avtomobilning umumiy yurish zaxirasi 1 000 kilometrlardan oshadi.
Avtomobil 1,5 litrli turbo benzin dvigateli, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pogʻonali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan. Mazkur tizim yoqilgʻi tejamkorligini oshirish, tezkor tezlanish va ravon harakatni taʼminlashga xizmat qiladi.
Xavfsizlik va haydovchiga yordam berish tizimlari qatorida adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik favqulodda tormozlash, harakat boʻlagida ushlab turish, koʻrinmas zonalarni monitoring qilish, 360 darajali kamera, 6 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda yoʻl belgilarini aniqlash tizimi mavjud.
Avtomobil salonida 11 dyuymli raqamli priborlar paneli, 11 dyuymli sensorli multimedia tizimi, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali lyuk, old oʻrindiqlarni isitish va ventilyatsiya qilish funksiyalari taqdim etilgan.
Chevrolet Equinox PHEV'ning tavsiya etilgan chakana narxlari:
- Activ 80KM — 463 500 000 soʻm;
- Activ 120KM — 478 500 000 soʻm.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni UzAuto Motors call-markazining +998 78 141 7777 telefoni, Chevrolet'ning rasmiy veb-sayti va rasmiy dilerlik markazlaridan olish mumkin.