Buning uchun poliklinikaga qayta-qayta borish, navbat kutish yoki ortiqcha qogʻozbozlik bilan shugʻullanish talab etilmaydi.
Mazkur xizmat avtotransport vositasini boshqarish vaqtida xavfsizlik kamarini taqishga toʻsqinlik qiluvchi kasallik tashxisi qoʻyilgan fuqarolar uchun moʻljallangan.
Maʼlumotnomani olish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasiga kirib, «Maʼlumotnomalar» boʻlimi orqali tegishli xizmatni tanlash va hujjatni yuklab olish kifoya.
Maʼlumotnoma avtomatik shakllanishi uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokorlar koʻrigidan oʻtgan boʻlishi hamda tibbiy xulosa elektron axborot tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim. Hujjat tibbiy xulosada belgilangan muddat davomida amal qiladi.
Xizmat bepul koʻrsatiladi va uni rasmiylashtirishda qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.