Raketa Pekin vaqti bilan soat 16:40 da uchirildi va tijorat internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan «Syanfan» (Spacesail) sun’iy yo‘ldoshlari guruhini belgilangan orbitaga olib chiqdi. Missiya to‘liq muvaffaqiyatli o‘tdi.
Bu - «Chanchjen-12B Y1» raketacining ilk uchirilishi bo‘lib, shuningdek, «Chanchjen» seriyasidagi raketalarning 647-missiyasi hisoblanadi.
Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi (CASC) ma’lumotiga ko‘ra, «Chanchjen-12B Y1» — qayta foydalanish mumkin bo‘lgan yangi avlod tijorat raketacidir. Bu safar birinchi bosqichni qaytarish sinovi o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, bunday sinov kelgusida rejalashtirilgan.
Raketa ikki bosqichli tuzilmadan iborat. Uning uzunligi taxminan 72 metr, korpus diametri 4,37 metr, bosh qismi diametri esa 5,2 metrni tashkil etadi.
Birinchi bosqichi suyuq kislorod va kerosinda ishlaydigan to‘qqizta dvigatel bilan jihozlangan. Raketa past Yer orbitasiga taxminan 20 tonna yuk olib chiqishi mumkin va turli orbital vazifalarni bajarishga moslashtirilgan, deb xabar berdi Kazinform.
CASC vakillarining ta’kidlashicha, mazkur uchirilish Xitoyning internet sputniklarining yirik guruhlarini shakllantirishga mo‘ljallangan tijorat raketalari parkini to‘ldirgan muhim voqea bo‘ldi.