Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida «Xorazm suv taʼminoti» AJ yuridik inspektori Z.A. aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Maʼlum qilinişiça, u muqaddam sudlangan bölib, fuqaro O.A.ning işonçiga kirgan.

Inspektor göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali savdo şoxobçasini içimlik suvi taʼminotiga ulatib, texnik şart hujjatlarini rasmiylaştirib berişini vaʼda qilgan va buning evaziga 6 mln söm olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.