2026 yil 20 oktyabrning 16 00dan 21 oktyabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻida musobaqalarda oʻzbekistonlik sportchilar bir qator yoʻnalishlarda oltin medallarga sazovor boʻldi.

Pauerlifting boʻyicha 61 kilogramm vazn toifasida Muslima Nuriddinova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Para suzish boʻyicha SM8 klassida 200 metrga kompleks usulda suzish finalida Azizbek Boynazarov 2:23.87 natija bilan birinchi oʻrinni egalladi. S13 klassida 100 metrga brass usulida suzish bahslarida esa Mubinabonu Xalilova 1:19.60 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Madina Muxtorova F40 toifasida 9,10 metr natija bilan gʻolib boʻlib, Paraosiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi. F41 toifasida ishtirok etgan Navrўza Axmatova esa 10,02 metr natija bilan Osiyo rekordini yangiladi.

Shuningdek, para veloshosse boʻyicha ayollar oʻrtasida T1–2 klassida vaqt poygasida Marjona Pardaboyeva 25:58.04 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Para dzyudo boʻyicha erkaklar oʻrtasida J2 klassida, 95 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Dovurxon Karomatov barcha raqiblarini magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Para pauerlifting boʻyicha erkaklar oʻrtasida 80 kilogramm vazn toifasida Bekzod Jamilov finalda 229 kilogramm toshni koʻtarib, oltin medalaga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida 67 kilogramm vazn toifasida esa Ruxshona Oʻktamova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Ayni paytda jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda bormoqda.