Oʻzbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi, “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Oʻzbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish muhimligi bildirildi.

Qisqa vaqt ichida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qoʻshma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida taʼkidlandi.

Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida oʻtkaziladigan boʻlajak xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.